Shveysariyada ham ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘smirlar hibsga olindi
Olam
−
14 aprel
3052Shveysariyaning Shaffxauzen kantonida ikki o‘smir – 15 yoshli shveysariyalik va 16 yoshli italiyalik ISHID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Shveysariyaning “Blick” gazetasi xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlar ISHID faoliyatida qatnashishi yoki uni qo‘llab-quvvatlab, qasddan qotillik tayyorlashi mumkin bo‘lgan. Ehtimol, ular Germaniyadagi hamfikrlar bilan aloqada bo‘lishgan. Shveysariya prokuraturasiga ko‘ra, Shaffxauzendagi va Germaniyadagi tergovlar o‘rtasida bog‘liqlik bor.
Bundan tashqari, Shaffxauzendagi qo‘lga olinganlarga aloqador yana bir shaxs Turgau kantonida hibsga olingan. Bu 18 yoshli Shveysariya fuqarosi bo‘lib, tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Shveysariya hududida teraktlar rejalashtirishga yordam bergan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniyadagi Dyusseldorf okrug sudi Terrorizmga qarshi kurash markaziy boshqarmasi (ZenTer NRW) talabiga binoan 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni hibsga olish uchun order bergandi.
LiveBarchasi