Shvetsiyaning NATOga kirishi Qur’onni yoqish bilan bog‘liq harakatlar fonida to‘xtatildi
Olam
−
29 yanvar 2023
21745Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi rahbar Tobias Billstryom Qur’onni tahqirlash bilan bog‘liq harakatlar tufayli NATOga kirish jarayoni to‘xtatilganini ma’lum qildi.
“So‘nggi bir necha haftadagi voqealar sababli NATOga kirish jarayoni vaqtincha to‘xtatildi”, deya ta’kidlagan vazir.
Shu bilan birga vazir joriy yilning iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda Turkiya bilan kelishuvlarga erishish mumkinligiga umid bildirgan.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiya rasmiylari bunday harakatlarga qarshilik ko‘rsatmayotgani sababli Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya hukumati Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasiga aloqador guruhlarning Stokgolm markazida tashviqot namoyishini o‘tkazishga ruxsat bergan edi. Bundan foydalanib Daniyaning “Qattiq kelishuv” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Qur’onni yoqib yuborgan. Shu sababli Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiyani NATOga a’zolik bo‘yicha majburiyatlarini buzganlikda ayblagan edi. So‘ngra Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sivilizatsiyalar alyansi bo‘yicha oliy vakili Migel Moratinos Shvetsiyada “Stram Kurs” (“Qattiq kelishuv”) o‘nglar partiyasi yetakchisi tomonidan Qur’onni yoqib yuborilishini keskin qoralab uni musulmonlarga nisbatan nafrat ifodasi deb hisoblashini ta’kidlagan edi.
LiveBarchasi