Shvetsiyadagi kvartiradan o‘zbekistonlik erkak jasadi topildi

Jamiyat

image

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahridagi kvartiradan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Germaniyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 21 iyun kuni 1983 yil 10 sentyabr kuni tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmalxon Cho‘liyev ijaraga olingan kvartirada vafot etgan.

Hozirgi vaqtda mahalliy politsiya o‘lim sababini tekshirmoqda. 

Elchixona Shvetsiya politsiyasiga mazkur holat bo‘yicha ma’lumot taqdim etishni so‘rab rasmiy talabnoma jo‘natgan. Shuningdek, diplomatik vakolatxona marhum jasadini Vatanga qaytarish masalasi yuzasidan o‘zbek diasporasi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya Elchixona

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing