Shvetsiyada urush boshlanishi mumkin – Mudofaa vaziri

Olam

image

Shvetsiya Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Mikael Byuden mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni yakunlanishi arafasida barcha fuqarolarni ehtimoliy urushga tayyor turishga chaqirdi. Fuqarolik mudofaasi vaziri Karl-Oskar Bulin ham xuddi shunday chaqiriq bilan chiqdi. Bu haqda u "Xalq va mudofaa" milliy xavfsizlik konferensiyasida so‘z ochdi.

"Buni mendan oldin ham ko‘pchilik aytgan, lekin buni o‘z pozitsiyamdan kelib chiqib aytmoqchiman. Ochiqchasiga aytganda: Shvetsiyada urush bo‘lishi mumkin. Men birinchi navbatda sizning qo‘rquvingizga emas, balki idrokingizga murojaat qilmoqchiman. Men ko‘proq shvedlar o‘ylashga ham cho‘chiydigan “agar urush boshlansa, biz nima qilamiz?” degan savolning javobini topishga harakat qilyapman”, degan  vazir.

Bulin vaziyatni jiddiy deb atadi va fuqarolik mudofaasini qayta qurish yetarlicha emasligidan xavotirini bildirdi.

"Bu juda jiddiy vaziyat, gap endilikda oddiy so‘zdan amalga o‘tish haqida ketmoqda. Biz bu vaziyat qanchalik jiddiy ekanini tushunishimiz va bunga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", deydi Byuden.

Ma’lumot uchun, faqat Vengriya va Turkiya 200 yildan ortiq neytral bo‘lib kelgan Shvetsiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokollarni ratifikatsiya qilmagan. Qirollikning alyansga arizasini ma’qullash uchun Turkiya mamlakat rasmiylaridan terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi yangilangan qonunni, xususan, Anqara tomonidan terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilingan Kurdiston ishchilar partiyasiga qarshi kurashish masalasida amalda qo‘llashni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya parlamentida Shvetsiyaning NATOga arizasi bo‘yicha ovoz berish 16 yanvardan keyin bo‘lib o‘tishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made