Shvetsiyada otishma sodir bo‘ldi. Odamlar evakuatsiya qilinmoqda
Olam
−
10 iyun 2020
6255Stokgolm politsiyasi poytaxtning Kista shahridagi savdo markazida otishma bo‘lgani haqidagi ma’lumotni tekshirmoqda. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni “Aftonbladet” gazetasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari markazga kelganlarni evakuatsiya qilmoqda.
"Otishma sodir bo‘lganga o‘xshaydi. Bundan ortig‘ini bilmayman”, dedi politsiya vakili Mats Erikson.
Nashrning xabar berishicha, savdo markazida uchta huquqbuzar bo‘lishi mumkin. Jarohatlanganlar va boshqa tafsilotlar haqida batafsil ma’lumot mavjud emas.
LiveBarchasi