Shvetsiya ukrainalik qochqinlar uchun $1 mlrd ajratadi
Olam
−
19 aprel 2022
3770Shvetsiya hukumati ukrainalik qochqinlarni qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mamlakat migratsiya boshqarmasiga 9,8 milliard kron (1 milliard dollardan ortiq) mablag‘ ajratmoqchi. Bu raqamlar bugun, 19 aprelda taqdim etilgan bahorgi byudjet loyihasida keltirilgan.
“Hukumat migratsiya boshqarmasiga uy-joy va imtiyozlar uchun 9,8 milliard kron ajratadi”, degan mamlakat Moliya vaziri Mikael Damberg matbuot anjumanida.
Hukumat bayonotiga ko‘ra, qochqinlar asosan qo‘shni davlatlarga boradi, lekin ko‘pchilik Shvetsiyaga ham keladi.
“Hukumat yangi vaziyatni bartaraf etish uchun sezilarli darajada ko‘paytirilgan mablag‘ ajratmoqda. Hukumat, shuningdek, qabul qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan munitsipalitetlarga vaqtinchalik qo‘shimcha yordam taklif qilmoqda”, deyilgan xabarda.
Hukumat, shuningdek, joriy yilda inflyatsiya 4,6 foiz va 2023 yilda 1,8 foiz bo‘lishini kutmoqda. Joriy yilda YAIM o‘sishi 3,1 foiz, 2023 yilda esa 1,6 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Shvetsiyada Ukrainadan kelgan muhojirlar soni 76 mingga yetishi mumkin.
LiveBarchasi