Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Shvetsiya Rossiyaga iqtisodiy urush e’lon qildi

Olam

image

Shvetsiya rasmiylari mamlakat Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush olib borayotganini tan oldi. Bu haqda “Swedinfo” xabar berdi.

Moliya vaziri Elizabet Svantessonning bayonotiga ko‘ra, Shvetsiya iqtisodiy urushni kuchaytirish niyatida. Mamlakat hukumati endi Rossiyada faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning Shvetsiyadagi kompaniyalar bilan biznes yuritishini qiyinlashtirmoqchi. Shuning uchun kecha, 30 yanvar kuni Rossiya bilan soliq shartnomasini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shartnoma muddati 10 fevralda tugaydi va shu paytdan boshlab Rossiyaga qarshi iqtisodiy harbiy harakatlar yanada kuchayishi kutilmoqda.

“Biz hozir Rossiyaga va Putinning harbiy byudjetiga qarshi iqtisodiy urushimizga bosimni oshirmoqdamiz. Ularni zaiflashtirish biz uchun juda muhim... Biz ularga zarar beramiz”, degan qirollik Moliya vaziri Svantesson.

Vazirning ta’kidlashicha, Shvetsiya fondlariga sarmoya kiritgan rossiyalik investorlar ikki baravar ko‘p soliq to‘laydigan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonson Ukrainaga umumiy qiymati 1,23 milliard AQSH dollari bo‘lgan yordam paketini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, bu Rossiya bosqini boshlanganidan beri Stokgolm tomonidan berilgan 18-yordam paketi bo‘lib, mablag‘ miqdori bo‘yicha eng kattasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shvetsiya Elizabet Svantesson iqtisodiy urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing