Shvetsiya qiroli va qirolichasi koronavirusga chalindi 

Olam

image

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va qirolichasi Silviyada koronavirus aniqlandi, monarx juftligida yengil alomatlar mavjud. Bu haqda Qirollik saroyiga tayanib xabar berilgan.  

“Qirollik saroyi ma’lumotlariga ko‘ra, Shvetsiya qiroli va qirolichasining COVID-19 uchun topshirgan testlari ijobiy natija berdi. Ularda yengil alomatlar mavjud”, deyilgan xabarda. 

Qayd etilishicha, qirol va qirolicha COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan. Shvetsiya qiroli 75, uning rafiqasi esa 78 yoshda. 

Ma’lumot o‘rnida, Shvetsiyada 1,31 mln kishi koronavirusga chalingan. 15 310 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shvetsiya koronavirus qirol qirolicha

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing