Shvarsenegger halokatga uchradi

Olam

image

Amerikalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvarsenegger yo‘l-transport hodisasiga uchradi. To‘qgashuvdagi ikkinchi mashinada bo‘lgan ayol shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda  TMZ xabar berdi.

“Arnold Yukon rusumli yo‘ltanlamas mashinasini haydab ketayotib, qizil Prius bilan to‘qnashib ketdi... Uning yo‘ltanlamasi aylana boshladi va Prius’ning tomiga chiqib ketdi”, deyiladi xabarda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv shu qadar kuchli bo‘lganki, Yukon’ning xavfsizlik yostiqchalari ochilgan.

Prius boshqaruvida bo‘lgan ayolni shifoxonaga olib ketishgan.

“Bizga Arnold bilan hammasi yaxshi ekanini aytishdi”, deya qo‘shimcha qilgan TMZ.

CBS telekanalining mahalliy politsiyaga tayanib xabar berishicha, aktyor mashinada svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib ketgan. Shvarseneggerning spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lganini ko‘rsatuvchi hech qanday alomat aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Arnol'd Shvartsenegger

Baholaganlar

899

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing