KXDRda karantinni buzgan amaldor qatl qilindi

Olam

image

Xitoyga borgan KXDRlik savdo amaldori mamlakatiga qaytgach, otib tashlandi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Amaldor karantindan chiqib, jamoat hammomiga borgan. Qayd etish kerakki, KXDRda mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Xitoyga boruvchilar uchun harbiy qonunlar o‘rnatilgan.

Amaldorning karantindan chiqarilishi bu KXDRda fuqarolarning qo‘shni mamlakatga tashrif buyurishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘lib, u qonunni buzganligi uchun o‘limga hukm qilingan. Hukm ijro etilgan.

Bundan tashqari, Shimoliy Koreyaning yana bir mulozimi Xitoyga borganini yashirishga uringani uchun chekka hududdagi fermaga surgun qilingan. Shimoliy Koreya Xitoy bilan chegarani deyarli butunlay to‘sib, koronavirusga qarshi eng qattiq karantin choralarini qo‘lladi. KXDRda hozircha koronavirus bilan og‘rigan bemor qayd etilmagan. 

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 27 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya va Belgiyada aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar soni 1 491 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 65 247 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.

Yangi koronavirusga Novel Coronavirus Pneumonia (NCP) nomi berildi. U bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

virus KXDR

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing