Shuncha bo‘lurmi hay-hay? Lukashenko oltinchi marta Putinning huzuriga boradi

Olam

image

Joriy yilning 28-29 dekabr kunlari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga amaliy tashrif bilan boradi, uning 29 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmati xabar bergan. 

“28 dekabr kuni Belarus Prezidenti Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi”, deyiladi xabarda. 

Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, ushbu sammitda davlat rahbarlari Belarusning 2021 yilda Hamdo‘stlikdagi raisligi yakunlarini sarhisob qiladi, umumiy muammolarni hal etish bo‘yicha fikr almashadi, hamkorlik samaradorligini oshirish va mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qiladi.

“Bo‘lajak yig‘ilish dekabr oyida MDH tashkil topganiga 30 yil to‘lishi bilan ham ahamiyatlidir”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Belarus rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Lukashenko va Putinning uchrashuvi 29 dekabrga belgilangan. Ushbu uchrashuv joriy yil hisobida oltinchisi hisoblanadi. 

“Davlat rahbarlari Belarus-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qiladi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, 13 dekabr kuni Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va Belarus rahbarlarining “Yangi yil oldidan” bo‘lajak uchrashuvini e’lon qilgan, biroq aniq sanani aytmagan. Putin va Lukashenkoning avvalgi yuzma-yuz uchrashuvi 9 sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan, o‘shanda ular Moskva va Minskning keyingi integratsiyasini belgilovchi 28 ta ittifoq dasturi bo‘yicha kelishib olgan edi.

Lukashenko va Putin joriy yilning 9 sentyabr kuni Kremlda muzokara o‘tkazgandi. 13 iyul kuni esa ikki davlat rahbari Sankt-Peterburg shahrida muzokaralar o‘tkazdi. Belarus Prezidenti 28 may kuni Sochiga tashrif buyurib, 3 kun Prezident Putin huzurida bo‘ldi. Joriy yilning aprel oyi oxirida ham Lukashenko Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga bordi. 22 fevralda ham Rossiya va Belarus Prezidentlari o‘rtasida Rossiyada olti soatdan ko‘proq uchrashuv o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Lukashenko

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing