Shu yetmay turgandi. Toshkentda kelinlar paradi o‘tkaziladi
Jamiyat
−
28 iyun 2022
16561Toshkentda “Libos: go‘zallik, iffat va madaniyat” shiori ostida Shosh-fest — ayollar modasi festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2 iyul kuni Tashkent City bog‘ida bo‘lib o‘tadigan festivalda dizayner va modelerlar yaratgan milliy liboslar va nikoh ko‘ylaklari namoyish etiladi. Unda 300 nafar qiz ishtirok etishi kutilmoqda.
7 iyul kuni Hilton mehmonxonasida — Shosh-fest megafestivalining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.
“G‘oliblarni saralashning asosiy shartlaridan biri — liboslarda aks etgan milliylik va zamonaviylik uyg‘unligiga urg‘u berish. Ishtirokchilar ishlariga professional dizayner va modelerlar, tarixchi va san’atshunoslar, to‘qimachilik va yengil sanoatining yetuk mutaxassislaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati baho beradi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15