Shuhrat Xolmuhammedov Mudofaa vaziri etib tayinlandi – manba

Jamiyat

image

Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil 23 martda Prezident farmoni bilan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgandi. U Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.

Xolmuhammedov Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq avvalgi Mudofaa vaziri Bahodir Nizomovich Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangandi. Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov esa lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing