Axaldagi yog‘-moy zavodiga chigit berilmayapti, ishchilar ta’tilda
Olam
−
19 Sentabr 2019
4460Turkmanistonning Axal viloyatidagi yog‘ zavodi ishchilarining aksariyati avgust o‘rtalaridan beri ta’tilda. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" xabar bermoqda.
Zavodga xom ashyo - paxta urug‘lari berilmayapti, shu sababli ishchilarga to‘lanmaydigan ta’til oktyabr oyining o‘rtalariga qadar uzaytirildi.
Korxona ishini to‘liq to‘xtatmaslik uchun aksar ishchilar Bayramali zavodida ishlab chiqarilgan paxta yog‘ini qo‘shimcha tozalash va qadoqlash jarayonida ishlayapti.
Ushbu yog‘lar Axal brendi ostida sotuvga chiqariladi.
Bayramali zavodida ishlab chiqarilgan "Ak Pamik" paxta yog‘ining sifati past. Kerakli tarkibiy qismlarning, masalan, oziq-ovqat gazining yetishmasligi tufayli, yog‘ quyuq rangda, yoqimsiz hidga ega. Mazkur yog‘ning 5 litrini 20 manatdan sotib olishmoqda.
Ma’lumot uchun, mamlakatda paxta yig‘im-terimi rasmiy ravishda 11 sentyabr kuni Axal, Bolqon, Lebap va Mari viloyatlarida boshlandi. Kecha, 18 sentyabr kuni Toshhovuzda ham rasman paxta terimi boshlandi.
Bu yil mamlakatda 1 million 50 ming tonna paxta terilishi kerak. 2020 yilda reja 1 million 250 ming tonnaga oshiriladi. 2018 yilda Turkmaniston rejada talab qilinganidan yarim barobar ko‘proq paxta terdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr