Shoyguning O‘zbekistonga tashrifi AQSH qo‘shinlarining harakati bilan bog‘liqmi?

Jamiyat

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Tojikiston va O‘zbekistonga tashrifi AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi bilan bog‘liq xavotir bilan izohlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Nashrning harbiy-diplomatik manbalariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ushbu Respublikalarning harbiy idoralari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi, avvalambor, Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarining olib chiqilishi fonidagi xavotir bilan bog‘liq.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasida Afg‘onistondagi voqealar ta’siri ostida rivojlanayotgan vaziyat Shoyguning Dushanbe va Buxorodagi muzokaralarida asosiy masalaga aylangan.

“AQSH Prezidenti Jozef Bayden tomonidan e’lon qilingan Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi masalasi Markaziy Osiyoda ekstremizm va mintaqa davlatlaridagi vaziyatni beqarorlashtirishning qo‘shimcha manbaiga aylanishi aniq”, deydi manba.

U Afg‘onistondagi beqarorlikni mintaqadagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan asosiy omil deb atagan.

“Tolibon” va ISHID hukumat qo‘shinlari hamda Afg‘oniston hukumati vakillariga qarshi harakatlarni kuchaytirib, shov-shuvli terroristik hujumlarni amalga oshirmoqda. Vashington aslida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Va hech narsa vaziyat yaqin kelajakda ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkinligiga ishora qilmayapti”, deyiladi xabarda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalaga jiddiy e’tibor kecha, 27 aprel kuni Tojikiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan KXSHT mamlakatlari Mudofaa vazirlari kengashining yig‘ilishida ham qaratilgan.

“Afg‘onistondan kelib chiqadigan tahdidlarning kuchayishi KXSHT atrofida uzoq muddatli ziddiyatli o‘choqlarning vujudga kelishi uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan ssenariy yaratmoqda. Shu munosabat bilan KXSHT mamlakatlari harbiy rahbarlari Dushanbeda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilot a’zolarining milliy va jamoaviy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, ular afg‘on tahdidlariga tezkorlik bilan javob berish uchun qarorlarni qabul qilish mexanizmini takomillashtirish haqida fikr almashdi”, deydi manba.

Ma’lumot uchun, Shoygu 26-27 aprel kunlari Tojikistonga ish safari uyushtirdi. U Dushanbeda KXSHT Vazirlar Kengashining majlisida qatnashdi va Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan muzokaralar olib bordi. 

Bugun, 28 aprel kuni Shoygu Buxoroga tashrifi doirasida Respublika Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2025 yilgacha strategik sheriklik dasturi imzolandi.

Shuningdek, Shoygu O‘zbekistonga “fashizmga qarshi kurash” arxiv hujjatlarini olib keldi.

Joriy yilning 14 aprel kuni  “Tolibon” barcha xorijiy kuchlarni Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi.

Shundan so‘ng, Amerika Qo‘shma Shtatlari xorijiy harbiy kontingentni olib chiqish jarayoni doirasida Afg‘onistondan harbiy texnikani olib chiqishni boshladi.

Joriy yilning 26 aprel kuni AQSH va NATO Afg‘onistondan qo‘shinlarini ham olib chiqib ketishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

626

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing