Rossiyaning Ukrainadagi qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu armiya generali Sergey Surovikinni Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” hududida qo‘shma kuchlar guruhi qo‘mondoni etib tayinladi. Bu haqda bugun, 8 oktyabr kuni Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi.

“Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri qarori bilan armiya generali Sergey Surovikin “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazilayotgan hududdagi qo‘shinlar (kuchlar) qo‘shma guruhi qo‘mondoni etib tayinlandi”, deydi Konashenkov.

Bungacha Surovikin Ukranadagi “Janub” qo‘shinlar guruhini boshqarayotgani haqida ma’lumotlar mavjud edi.

Surovikin 2017 yildan beri Aerokosmik kuchlar bosh qo‘mondoni lavozimida ishlab kelmoqda. U Rossiya va SSSR tarixida Harbiy kosmik kuchlar (Harbiy havo kuchlari) ni boshqargan birinchi umumqo‘shin qo‘mondoni bo‘lgan. Surovikin Omsk oliy qo‘shma qurol qo‘mondonlik bilim yurtini, Frunze nomidagi Harbiy akademiyani va Bosh shtab akademiyasini tamomlagan. Afg‘oniston, Tojikiston, Chechenistonda xizmat qilgan. 2013 yil oktyabr oyidan Sharqiy harbiy okrug qo‘mondoni, 2017 yil martidan esa Suriyadagi Rossiya qo‘shinlarining guruhlanishiga mas’ul. O‘tgan yilning avgust oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Surovikinga armiya generali unvonini bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

750

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing