Shoygu Toshkentdan turib Ukrainadagi urushda AQSHni aybladi
Olam
−
24 avgust 2022
17046AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Ukrainaga qurol yetkazib berish insonlar qurbonlari sonini ko‘paytirmoqda va bu mamlakat hududidagi harbiy mojaroni cho‘zmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Toshkentda o‘tayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mudofaa vazirlari yig‘ilishida so‘z ochdi.
"Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etmoqda, bu esa qurbonlar sonini ko‘paytirmoqda va mojaroni uzaytirmoqda", deydi u.
Shuningdek, Rossiya hamkorlariga uni izolyatsiya qilish uchun bosim davom etayotganini qayd etgan Shoygu Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi hamkasblariga “prinsipial pozitsiyasi va qo‘llab-quvvatlagani uchun” minnatdorlik bildirdi.
“SHHTga a’zo davlatlarning mintaqaviy va global xavfsizlik muammolarini hal qilishdagi mustaqil yo‘li butun dunyo uchun namunadir”, deydi Rossiya Mudofaa vaziri.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 avgust kuni Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iz, Pokiston, shuningdek, kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Belarus respublikalari mudofaa vazirlari ishtirok etmoqda.
LiveBarchasi