Superog‘ir vaznda o‘zbek bokschisi kamar sohibiga aylandi

Sport

image

Superog‘ir vaznli o‘zbek professional bokschisi Bahodir Jalolov Nyu-York shahrida prof boksdagi oltinchi jangida ringga ko‘tarildi.

NABF kamari uchun o‘tkazilgan mazkur bahsda o‘zbekistonlik sportchiga mezbon bokschi Brendan Barrett raqiblik qildi. Olti raundga mo‘ljallangan va Albert Braun hakamlik qilgan jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahodir birinchi raundning o‘zidayoq raqibini nokautga uchratdi. 

Shu tariqa, Bahodir Jalolov professional boksdagi ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Endi superog‘ir vazndagi bokschida “NABF Junior Heavyweight Title” chempionlik kamari bor.

Ma’lumot uchun, Jalolovning prof ringda o‘tkazgan janglari soni 6 taga yetdi. U barcha janglarini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan. Barrett bugun professonal boksdagi 12-jangini o‘tkazdi. Bungacha u 7 ta jangda g‘alaba qozongandi (5 ta nokaut). Bugun mag‘lubiyatlarin soni 3taga yetdi (2 ta nokaut). Hisobida yana 2 ta durang bor.


Maqola muallifi

Teglar

professional boks Bahodir Jalolov

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing