Shovot tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
29 mart 2022 13249 1 daqiqa
Bugun, 29 mart kuni Xalq deputatlari Shovot tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Shovot tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Xakimboy Otaxonov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Xorazm viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Odilbek Sadullayevich Ortiqov Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sessiyada shuningdek, Shovot tumanini 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasining taqdimoti o‘tkazilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr