Xorazmda er xotinini bolta bilan chopib o‘ldirdi  

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotinini sehr-jodu bilan shug‘ullanishda ayblab, bolta bilan urib o‘ldirdi. Unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.  Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, qotillik 2023 yilning 16 dekabrida sodir bo‘lgan. 1952 yilda tug‘ilgan er o‘z xotinini sehr-jodu qilganlikda ayblagan. Janjal vaqtida erkak xonada turgan bolta bilan ayolga 17 marotaba zarba bergan. Ayol voqea joyida vafot etgan.

Qotillik sodir etilganidan so‘ng, erkak uyiga qamalib, bir necha bor o‘z joniga qasd qilishga uringan. Biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari uyga kirib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan.

2024 yil 2 aprelida Jinoyat ishlari bo‘yicha Shovot tumani sudida turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi shifokorlikdan pensiyaga chiqqan. Uning turmush o‘rtog‘i ham tibbiyot sohasida faoliyat yuritgan. Er-xotinning 6 nafar farzandi bo‘lgan.

“Gumonlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, 2023 yilning 16 dekabr kuni A.X. yarim tunda uyg‘onib ketgan va avvaliga turmush o‘rtog‘idan qon bosimini tushiruvchi dori so‘ragan. Ayol u so‘ragan dorilarni topib berib, ukol ham qilgan. Shunda A.X. sehr-jodu qilingani sabab kechalari uxlay olmayotganini aytib, janjal ko‘targan. So‘ngra jahl ustida isitish pechi yonida turgan boltani olib, xotinining bosh qismiga 17 bor zarba bergan. Buning oqibatida ayol og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan”, deyiladi sud hujjatida.

Sud hukmiga ko‘ra, A.X. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.  Shuningdek, ayblanuvchi jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda erkak 25 yoshli xotinini urib o‘ldirgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jinoyat Xorazm Shovot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made