Xorazmda maktab o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi maktablardan birida 13 yoshli o‘quvchi qiz 15-16 yoshli besh nafar yigit tomonidan zo‘rlanishi oqibatida farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bolalar ombudsmani bilan bog‘landi.

Ma’lum qilinishicha, holat viloyatning Shovot tumanida sodir bo‘lgan. 13 yoshli maktab o‘quvchisi Sh.Q. besh kishi tomonidan zo‘rlangan va homilador bo‘lib, qiz farzandni dunyoga keltirgan. Gumonlanuvchilarning ikki nafari 2005 yilda tug‘ilgan. Qolgan uch nafari 9-10-11-sinf o‘quvchilari bo‘lgan.

Holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan. Joriy yilning 19 iyul kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Qizning sog‘lig‘i nazoratda, unga vaziyat yuzasidan ijtimoiy-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Navoiy shahrida voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi, jumladan IIB tergovchisi zo‘rlagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Xorazm Shovot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing