Shovot tumani hokimiga hayfsan berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xorazm viloyati Shovot tumani hokimi Odilbek Sa’dullayevich Ortiqov intizomiy jazoga tortildi. Unga “Hayfsan” berildi. Bu haqda viloyat hokimi Farhod Ermanov tomonidan kecha, 22 noyabr kuni imzolangan 364-12-0-F/22 sonli farmoyishda so‘z borgan. 

Qayd etilishicha, tuman hokimi ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim  darajada bajarmasdan, xizmat intizomini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. .

Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari G‘.Sattorov zimmasiga yuklangan.

Intizomiy jazo chorasini qo‘llashga Xorazm viloyati prokuraturasining joriy yil 16 noyabrdagi intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarori va Odilbek Ortiqovning tushuntirish xati asos bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, Odilbek Ortiqov joriy yilning mart oyidan buyon Shovot tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Odilbek Ortiqov Shovot tumani

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar