Gurlanga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 avgust kuni Odilbek Sa’dullayevich Ortiqov Xorazm viloyatining Gurlan tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Odilbek Ortiqov xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, Odilbek Ortiqov tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.  

Eslatib o‘tamiz, tumanning avvalgi hokimi Ruslan O‘razboyev 2024 yil 8 avgustdan beri ishlab kelayotgandi. Uning nima uchun ishdan olingani ma’lum qilinmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing