Shov-shuvli final: Senegal Afrika kubogi sohibiga aylandi

Sport

image

Kecha 18 yanvar kuni Marokash poytaxti Rabot shahrida Afrika kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Senegal terma jamoasi mezbon Marokashni 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Final uchrashuvining asosiy vaqtida jamoalar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Asosiy voqealar esa uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda yuz berdi. Dastlab 90+2-daqiqada Senegal hisobni ochdi, biroq bosh hakam hujum chog‘idagi qoidabuzarlik sabab golni bekor qildi.

90+8-daqiqada Marokash foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Ushbu qarordan norozi bo‘lgan senegallik futbolchilar maydonni tark etdi. 90+20-daqiqada jamoa sardori Sadio Mane jamoadoshlarini yana maydonga qaytardi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, 90+24-daqiqada Braim Dias penaltidan foydalana olmadi.

Natijada g‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlanadigan bo‘ldi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 94-daqiqasida Pape Gueye tomonidan kiritilgan gol Senegalni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi va Senegal Afrika kubogi chempioniga aylandi.

Shu tariqa Pap Tyav shogirdlari o‘z tarixida 2-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi

Maqola muallifi

Teglar

Marokash Senegal Afrika kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing