Shotlandiya muxlislari mehmonxonasida otishma sodir bo‘ldi
Sport
−
19 iyun 2918 2 daqiqa
AQSHning Massachusets shtatidagi Sterbrij shahrida Shotlandiya muxlislari joylashgan mehmonxona yaqinida otishma va yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, politsiyaga mahalliy vaqt bilan soat 00:55 da qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Guvohlarning aytishicha, SUV rusumli avtomobilni boshqarayotgan ayol mehmonxona devoriga urilganidan so‘ng o‘q uzgan.Marokashga qarshi Jahon chempionati uchrashuvini tomosha qilish uchun AQSHga kelgan shotlandiyalik muxlis Styuart Makkelvi voqea tafsilotlari bilan o‘rtoqlashgan.
“Endigina uxlashga yotgan edim, shu payt mashina signalizatsiyasi ovozini eshitdim. Keyin o‘q ovozlari keldi. Derazadan qarasam, bir ayol SUV avtomobilini mehmonxona tomon haydab kelib urdi, so‘ng tashqariga sakrab tushib, Qayerdasiz? Qayerdasiz? deb baqirdi va ketma-ket uch marta o‘q uzdi”, deydi Makkelvi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shundan keyin oyna singani va kimdir eshikni buzishga uringaniga o‘xshash tovushlar eshitilgan. Shu bois u darhol politsiyaga murojaat qilgan.
Ta’kidlanishicha, politsiya xodimlari hamda uchta tez yordam avtomobili voqea joyiga bir necha daqiqa ichida yetib kelgan. U hodisani aniq bir shaxs yoki guruhga qaratilgan hujumga o‘xshatgan.
Ayni paytda Sterbrij politsiyasi shtat politsiyasi bilan hamkorlikda tergov ishlarini olib bormoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hozircha hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot bermagan, ammo jamoatchilik uchun hech qanday xavf mavjud emasligini bildirgan.
Live
Barchasi