Shoshilinch yoki shoshilinchmas: tez tibbiy yordam chaqiruviga yangilik kiritilishi mumkin
Jamiyat
−
14 dekabr 2019
6394Endilikda Tez tibbiy yordam xizmatida chaqiruvlarning shoshilinchligiga qarab joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi chaqiriq beruvchi (bemor yoki boshqa shaxs) tomonidan ko‘rsatilgan chaqiruv sabablaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, chaqiriq manzillariga tez tibbiy yordam (TTYO) brigadalarining yetib borish vaqti chaqiriq dispetcher tomonidan tez tibbiy yordam brigadasiga berilganidan keyin hisoblanadi. Chaqiriq manzillariga tez tibbiy yordam brigadalarining yetib borish vaqti chaqiriq dispetcher tomonidan tez tibbiy yordam brigadasiga berilganidan keyin hisoblanadi.
Hujjatga ko‘ra, tez tibbiy yordam ustuvorliklari bo‘yicha shoshilinch va shoshilinch bo‘lmagan va tezkor chaqiriqlarga ajratiladi.
Shoshilinch chaqiriqlariga: og‘ir tan jarohatlari (yo‘l harakati hodisalari, balandlikdan yiqilish, favqulodda holatlar natijalarida), bemorning hushdan ketishi, turli shok holatlari, profuz qon ketishi (me’da-ichak, bachadon, burundan), tug‘ruq, terining termik kuyishi sovuq urishi, bemorning kimyoviy moddalar yoki dori vositalaridan o‘tkir zaharlanishi, elektrdan jarohatlanish kiradi.
Shoshilinch bo‘lmagan va tezkor chaqiriqlariga: harakat faolligini to‘satdan buzilishi, yurak ritmining buzilishi (aritmiya), astma huruji, o‘rta va yengil tan jarohatlari, yot jism, allergiya, bosh ogrigi, qorin, ko‘krak qafasidagi ogriqlar, psixikani o‘tkir buzilishi, buyrak xurujlari, qusish, toshma, yuqori isitma (agar isitma peroral dori vositalari bilan tushmasa), o‘tkir peshob ajralmasligi hamda bemorni tibbiyot xodimidan olingan chaqiruv bo‘yicha transportirovka qilish bilan bog‘liq TTYO brigadasini chaqirish holatlar nazarda tutiladi.
Ma’lumotga ko‘ra, TTYO brigadalarining chaqiriq manziliga chaqiriq tez tibbiy yordam brigadaga yetkazilgandan keyin shoshilinch chaqiriqlarda 20 minutdan kechikmasdan, shoshilinch bo‘lmagan va tezkor chaqiriqlarda 30 minutdan kechikmasdan yetib borishi ko‘zda tutilgan.
Sarvar Rahimov
LiveBarchasi