Shomurodovning transfer shartlari ochiqlandi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 2023/2024 yilgi mavsumni Italiya A Seriyasi debyutanti “Kalyari“ safida ijarada o‘tkazadi. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik 29 yoshli hujumchi kecha, 24 iyul kuni “Kalyari“ klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Sardiniya oroli jamoasi “bo‘rilar“ bilan Shomurodov transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Unga ko‘ra, “Kalyari“ Rim klubiga Shomurodovning bir yillik ijarasi uchun 1 million yevro to‘laydi va 2024 yilning yozida uni 9 million yevroga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Mazkur shartnoma “1+3“ ko‘rinishida imzolanadi. Faoliyatini ijara asosida davom ettirayotgan o‘zbekistonlikning yarim maoshini “Kalyari“ to‘lasa, qolgan 50 foizini “Roma“ to‘lab boradi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Shomurodovning Rim klubidagi yillik maoshi 2 million yevroni tashkil etgan. U 2021 yilda Italiyaning boshqa bir jamoasi “Jenoa“dan 17 million yevro evaziga “Roma“ga transfer qilingan edi. 

Ma’lumot uchun, “Kalyari“ klubi italiyalik taniqli mutaxassis Klaudio Raneri jamoaga kelguniga qadar B Seriyada 14-o‘rinda borayotgan edi. 71 yoshli murabbiy Sardiniya oroli jamoasini yarim yil ichida peshqadamlar qatoriga ko‘tarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Kal'yari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing