Shomurodovga Italiyaning yana bir jamoasidan qiziqish bor

Sport

image

Italiyaning “Sassuolo” klubi rasmiylari “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotganliklari haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda “Euro football” nashri xabar berdi.

“Bizni Shomurodov qiziqtiradimi? Balki shundaydir” degan “Sassuolo” bosh direktori Jovanni Karnevali.

Shuningdek, Italiay klubining sport direktori Jovanni Rossi ham o‘zbekistonlik futbolchiga bo‘lgan qiziqish haqidagi xabarlarni inkor etmagan va Shomurodovni yaxshi o‘yinchi deb atagan.

“Shomurodov  A Seriyada o‘zini ko‘rsatgan juda yaxshi o‘yinchi. Men sizga bundan ko‘proq gapira olmayman”, degan Jovanni Rossi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing