Shomurodovga A Seriyadan da’vogar chiqdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va Rimning “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov faoliyatini “Lechche” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Shomurodov yangi mavsumda “bo‘rilar” ustozi Joze Mourinoning rejalariga kiritilmagan, shuning uchun rimliklar o‘zbekistonlik futbolchi uchun yangi klub izlamoqda. 

Qayd etilishicha, o‘tgan mavsum A Seriyada 16-o‘rinni egallagan “Lechche” Shomurodov transferi bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda. Agar yaxshiroq taklif bo‘lsa, poytaxt klubi ham o‘tgan mavsumni “Spetsiya”da ijarada o‘tkazgan futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Bungacha Shomurodovga Rossiya va Turkiya chempionati klublari qiziqish bildirayotgandi, biroq 28 yoshli hujumchi faoliyatini top-5 chempionatda davom ettirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodovning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi ortda qolgan mavsum klub miqiyosida umumiy 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchining qiymati 6 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing