Shomurodov “Jenoa”da eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchi bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov yangi jamoasi “Jenoa”da eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchi bo‘ldi. bu haqda Italiyaning “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil etadi. Genuyaliklar klubida faqat Milan Badel (1,4 million yevro) Eldordan ko‘proq maosh oladi.

Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik futbolchining yillik maoshi A Seriyaning ayrim mashhur futbolchilarinikidan yuqori. Bular: Simon Ker, Rade Krunich (“Milan”), Antonio Mirante, Nikola Maksimovich (“Napoli”), Tomash Strakosha, Marko Parolo (“Latsio”) va Fabio Kualyarella (“Sampdoriya”).

“Jenoa”ning eng ko‘p maoshga ega futbolchilari:

Milan Badel — 1,4 million yevro
Eldor Shomurodov — 1,3 mln yevro
Davide Zapakosta — 1,3 mln yevro
Dominiko Krishito — 1,2 mln yevro
Stefano Sturaro — 1,2 mln yevro
Kristian Sapata — 1,2 mln yevro
Peto Pellegrini — 0,8 mln yevro
Mattia Perin — 0,8 mln yevro
Marko Pyatssa — 0,8 mln yevro

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy yilning 4 oktyabr kuni rasman “Jenoa”ga o‘tdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

467

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing