Shomurodov Turkiyada mavsum to‘purari bo‘ldi
Sport
−
09:16 2012 1 daqiqa
Joriy yilning 16 may kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi tur uchrashuvida “Istanbul Bashakshehir” 2:1 hisobida “Gaziantep”ni mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Eldor Shomurodov mavsumdagi 22-golini urdi va to‘purarlik poygasida yetakchiga aylandi.
Kecha, 17 may kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Trabzonspor” futbolchisi Pol Onuachu gol ura olmadi va o‘zbekistonlik hujumchini ortda qoldirish imkoniyatini boy berdi. Nigeriyalik futbolchi so‘nggi besh uchrashuvda gol ura olmagan bo‘lsa, Shomurodov oxirgi olti o‘yinda olti bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Shuningdek, Eldor penaltisiz urilgan gollar va “gol+pas” ko‘rsatkichi bo‘yicha ham ligada eng yaxshi natijani qayd etdi. Ikki futbolchi bir xil — 22 tadan gol urgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha statistikalar Shomurodovni ro‘yxatda birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Shomurodov Yevropa chempionatlarida to‘purar bo‘lgan ikkinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi. Bungacha Maksim Shatskix 2000 va 2003 yillarda Ukraina chempionati to‘purari bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Istanbul Bashakshehir” mavsumni 5-o‘rinda yakunladi. Jamoa keyingi mavsum Yevrokuboklarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Live
Barchasi