Shomurodov Turin klubiga o‘tishi mumkin
Sport
−
29 dekabr 2022 7412 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida "bo‘rilar" safini tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda "Sky Sport Italia" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga Turinning "Torino" klubi qiziqish bildirmoqda. "Buqalar" rahbariyati asosiy hujumchilaridan biri jarohat olgani bois yangi forvard qidirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "Torino" Shomurodovga anchadan buyon da’vogarlik qilmoqda, hattoki, klub rimliklarga Shomurodov bo‘yicha taklif bilan chiqishga ham ulgurgan.
Avvalroq Shomurodovga Italiyaning "Sampdoriya" va "Fiorentina" klublari qiziqayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025