Shomurodov to‘p tepadigan jamoa ustozi futbol bilan xayrlashdi
Sport
−
22 may
8558Italiyalik futbol murabbiyi Klaudio Raneri professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.
Ranerining faoliyatidagi so‘nggi klubi Italiyaning “Kalyari”si bo‘lib, u 2023 yildan buyon mazkur klubda ishlab kelayotgandi. 2023/24 yilgi mavsumda Raneri boshchiligidagi “Kalyari” Italiya chempionatida 15-o‘rinni egalladi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham ortda qolgan mavsumda aynan “Kalyari” sharafini himoya qildi, biroq futbolchining transfer huquqlari Rimning “Roma” klubiga tegishli.
Ma’lumot uchun, Raneri 72 yoshda, u faoliyati davomida Italiyaning “Napoli”, “Fiorentina”, “Parma”, “Yuventus”, “Roma”, “Inter” va “Sampdoriya”, Ispaniyaning “Valensiya”, Fransiyaning “Monako” va “Nant”, Gretsiya terma jamoasi hamda Angliyaning “Chelsi”, “Fulxem”, “Uotford” va “Lester” jamoalarini boshqargan. 2015/16 yilgi mavsumda Raneri “Lester” bilan Angliya chempioniga aylangan. “Valensiya” bosh murabbiyi sifatida u Ispaniya kubogi, Intertoto kubogi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. “Fiorentina” bilan Italiya kubogi va superkubogiga ega chiqqan.
LiveBarchasi