Shomurodov to‘p suradigan klub murabbiyi iste’foga chiqarildi

Sport

image

Italiyaning “Spetsiya” klubi Luka Gottini jamoa bosh murabbiyligidan ozod etilganini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

“Murabbiyga ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildiramiz va professional faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz”, deyiladi klub rasmiy xabarida.

Hozircha jamoa bosh murabbiyi sifatida Gotti o‘rniga kim kelishi ma’lum qilinmagan.

Gotti “Spetsiya”da 2022 yilning iyulidan beri faoliyat yuritayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 25 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 marta g‘alaba qozongan, 7 marta durang o‘ynagan. 12 ta bahsda esa klub mag‘lub bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy yilning 30 yanvar kuni “Spetsiya” klubi futbolchisiga aylangandi. “Burgutlar” o‘zbekistonlik hujumchini “Roma”dan yarim mavsumga ijaraga oldi.

Italiya chempionatining 22-turidan so‘ng “Spetsiya” 19 ochko jamg‘arib, 17-o‘rindan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Spetsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing