Shomurodov “Transfermarkt” tuzgan ramziy jamoadan joy oldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Mashhur "Transfermarkt" portali Italiya A Seriyasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan sobiq Ittifoq mamlakatlari futbolchilaridan tuzilgan ikki xil variantdagi ramziy terma jamoani e’lon qildi. Ramziy terma jamoalarning biridan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va "Roma" a’zosi Eldor Shomurodov ham o‘rin olgan. 

Italiya chempionatining 12-turida "bo‘rilar" safarda "Verona" bilan kuch sinashib, 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. Eldor Shomurodov bahsning 83-daqiqasida maydonga tushirildi.

Avvalroq, Mourino Shomurodovga juda kam o‘yin amaliyoti taqdim qilayotgani uchun Eldor qishda rimliklar safini tark etishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov hozirgacha A Seriyada 64 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shomurodov

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing