Shomurodov “Rostov”da eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi
Sport
−
18 aprel 2019
4868Rossiyaning “Rostov” klubi rasmiy sayti “Spartak”ga qarshi o‘tkazilgan RPLning 23-tur o‘yinidan so‘ng, bahsning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnomada qatnashgan minglab muxlislarning ko‘pchiligi o‘yinda g‘alaba golini kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.
Ma’lumot uchun, markaziy bahsda “Rostov” Moskva klubini 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha bahsdagi g‘alaba to‘pi hamyurtimiz Eldor Shomurodov hisobiga yozilgan.
LiveBarchasi