Shomurodov “Rostov” bilan yangi shartnoma imzoladi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning “Rostov” klubi bilan shartnomani uzaytirdi. Huddi shunday shartnomalar Matias Normann va Danil Glebov bilan ham imzolangan.

Klubning ma’lum qilishicha, futbolchilar yangi uzoq besh yillik shartnomani imzolagan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Shomurodov “Rostov” uchun 21 ta o‘yin o‘tkazib, 10 gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

23 yoshli norvegiyalik yarim himoyachi Normann 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

20 yoshli Glebov esa joriy mavsumda 13 o‘yinda maydoga tushib, birorta ham gol yoki golli uzatmaga mualliflik qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Rostov

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing