Shomurodov Rossiyaga qaytmoqchi emas
Sport
−
05 iyul 2023
4571Moskvaning “Spartak” klubi “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, biroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Rossiyaga qaytish niyatida emas. Bu haqda “Matchtv.ru” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Shomurodov RPL klubiga o‘tish variantini ko‘rib chiqmayapti, chunki futbolchi faoliyatini Italiyada davom ettirish niyatida. Shuningdek, forvard Turkiya chempionatida o‘ynashga ham qarshi emas.
Shomurodov o‘tgan mavsumni “Roma”da boshlagandi, qishda esa u ijara asosida “Spetsiya”ga o‘tdi. Ta’kidlash joiz, “Spetsiya” mavsum yakunlariga ko‘ra, A Seriyadan tushib ketdi.
28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum klub safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Shomurodov 2017 yildan 2020 yilgacha Rossiyaning “Rostov” klubi safida to‘p surgan. U RPLda umumiy 80 ta bahsda maydonga tushib, 16 ta gol urishni uddalagan.
LiveBarchasi