Shomurodov Rossiyada oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov RPLning avgust oyidagi "eng yaxshi o‘yinchisi" deb topildi.

O‘zbekiston terma jamoasi forvardi o‘tgan oy Rossiya chempionatida 5ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shomurodov to‘purarlar poygasida  "Krilya Sovetov" hujumchisi Aleksandr Sobelevdan 1ta gol farqi bilan oldinda bormoqda.

Iyul oyida ham Eldor eng yaxshi bo‘lishga da’vogarlar orasida bor edi, ammo yakunda Sobelev ushbu nomga munosib ko‘rilgan.

Bu safar esa RPL va "Match Premer" ekspertlari bir ovozdan o‘zbekistonlik o‘yinchiga ovoz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov gol

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing