2026 yilgi JCHda gollar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Sport

image

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionati tarixdagi eng ko‘p gol urilgan turnir sifatida qayd etildi. Hozirga kelib 177 gol urilgan bo‘lib, bu turnirning mutloq rekordi hisoblanadi. Bu haqda FIFA xabar berdi.

Bugun, 26 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida AQSH terma jamoasi Turkiyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 3-daqiqasida amerikalik himoyachi Oston Trasti hisobni ochdi.

Ushbu gol turnirdagi 173-gol bo‘lib, 2026 yilgi mundial Jahon chempionatlari tarixida eng sermahsul musobaqaga aylandi.

Keyingi daqiqalarda yana to‘rtta gol urildi va turnirdagi umumiy gollar soni 177 taga yetdi. Avvalgi rekord 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda jami 172 ta gol urilgan edi. Undan avvalgi eng yaxshi natija 1998 va 2014 yilgi mundiallarga tegishli bo‘lib, har ikkisida 171 tadan gol qayd etilgan.

E’tiborlisi, bu yilgi musobaqada guruh bosqichi hali to‘liq yakunlanmagan. Shu bois turnirdagi gollar soni yanada oshib, rekord yanada yaxshilanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing