“Venetsiya” Shomurodov bo‘yicha kelishuvga erishdi
Sport
−
29 yanvar 23000 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Italiyaning “Venetsiya” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Italiya OAV xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Venetsiya” klubi bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko iltimosiga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi Venetsiyaga olib kelinadi. Tomonlar futbolchining ijarasi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
Hozirda “Roma” va “Venetsiya” o‘zaro futbolchi almashish variantini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, “Venetsiya”ning finlyandiyalik hujumchisi Yoel Poxyanpalo Rimga, Shomurodov esa Venetsiya shahriga yo‘l olishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 29 yoshli Shomurodov “bo‘rilar” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 30 yoshli Poxyanpalo esa Italiya chempionatining 20 ta bahsida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Live
Barchasi