Shomurodov “Roma”dan ketmaydigan bo‘ldi
Sport
−
01 fevral 9812 1 daqiqa
“Roma” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini joriy klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda “Transferfeed” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Eldor Shomurodov “Udineze”ga qarshi o‘yinda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan “Roma”ning ukrainalik hujumchisi Dovbikka o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. “Bo‘rilar” rahbariyati 29 yoshli hujumchini sotish o‘rniga uni o‘z safida saqlab qolish fikriga keldi.
Qayd etish joiz, Shomurodov Yevropa ligasi doirasida zaxiradan maydonga tushib, Germaniyaning “Ayntraxt” darvozasiga gol urib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida, rimliklar ustozi Kladio Raneri Shomurodovga jamoada qolish taklifini berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 yanvar kuni Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlangandi. Qur’aga ko‘ra, “Roma” Portugaliyaning “Portu” klubi bilan kuch sinashadi.
Jamoalarning birinchi o‘yini 14 fevral kuni, javob o‘yini esa 20 fevralda o‘tkaziladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr