Shomurodov “Olimpiko”da gol urdi. Mourino undan xursand (video)
Sport
−
15 avgust 2021
15526Italiyaning “Roma” klubi mavsum oldidan so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Rimdagi “Olimpiko” stadionida Marokashning “Raja Kasablanka” klubiga qarshi o‘yinda “bo‘rilar” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zbekistonlik Eldor Shomurodovni asosiy tarkibda maydonga tushirdi.
Surxondaryolik hujumchi “Olimpiko”dagi ilk o‘yinidayoq raqib darvozaciga gol urdi. 17-daqiqada Eldor Shomurodov himoyachini ortda qoldirib, chiroyli tarzda hisobni ochdi – 1:0.
20-daqiqada “Roma” futbolchisi Manchini o‘rtadagi farqni ikkitaga yetkazdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Eldor Shomurodovning uzatmasini armanistonlik Genrix Mxitaryan golga aylantirdi – 3:0.
59-daqiqada Shomurodov almashtirildi va uning o‘rniga hujumdagi asosiy raqobatchi Borxa Mayoral maydonga tushdi. Peres 85-daqiqada, Mayoral esa 90-daqiqada gol urib, hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov rimliklar tarkibidagi ilk golini Ispaniyaning “Real Betis” jamoasiga kiritgan edi.
LiveBarchasi