Shomurodov qachon safga qaytadi?
Sport
−
22 fevral
6288O‘ng oyog‘idan jarohat olib safdan chiqqan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Kalyari” klubi a’zosi Eldor Shomurodov hafta oxirida safga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda “Cagliarinews24” xabar berdi.
Hafta oxirida “Kalyari” Italiya chempionati navbatdagi turi doirasida “Napoli” bilan kuch sinashadi, biroq Shomurodovning neapolliklarga qarshi bahsda maydonga tushish ehtimoli juda kam.
Qayd etish joiz, 28 yoshli Eldor Shomurodov o‘tgan yili dekabr oyida jarohat olib taxminan 1-1,5 oyga safdan chiqqandi. Jarohati bois futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida yordam bera olmadi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodovning “Kalyari” bilan shartnomasi shu yil yoziga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsum A Seriyada umumiy 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shartnomasi yakunlangach hujumchi yana Rimning “Roma” klubiga qaytadi.
LiveBarchasi