Shomurodov Italiyada qolmoqchi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi. Futbolchiga Fransiya va Germaniya klublari qiziqish bildirdi, ammo Eldor Italiyada qolishni istamoqda. Bu haqda italiyalik futbol jurnalisti Nikola Skira o‘z sahifasida xabar berdi. 

“Eldor Shomurodov chetdan tushgan 3 taklifga rad javobini berdi, u A Seriyada qolishni istaydi va “Roma”ni tark etishga tayyor, “Spetsiya”, “Torino” va “Kremoneze” futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun kurashmoqda”, deydi Skira.

Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” portali O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Shomurodovga Germaniyaning “Bayer” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing