Shomurodov bir taym o‘ynagan bahsda “Roma” Italiya kubogini tark etdi
Sport
−
06 fevral 2025 5632 1 daqiqa
6 fevralga o‘tar kechasi Italiya kubogining chorak final bahsida “Roma” mehmonda ”Milan”ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibdan o‘rin oldi va ikkinchi taym boshida almashtirildi. Bahsda dastlab, mezbonlar futbolchisi Temmi Abraxam 16-daqiqada hisobni ochdi. 42-daqiqada Abraxam nomiga dublni rasmiylashtirdi. 54-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan rimliklar hujumchisi Artem Dovbik hisobni qisqartirdi. Mezbonlarning yangi futbolchisi Joau Felish gol urib, yakuniy hisobni qo‘ydi.
Shu tariqa, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan milanliklar yarim finalda “Inter” - “Latsio” juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust