Shomurodov assist amalga oshirgan o‘yinda “Roma” g‘alaba qozondi
Sport
−
05 may
5286Kecha, 4 may kuni Italiya A Seriyasi 35-turi doirasida “Roma” o‘z uyida “Fiorentina”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda rimliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov assist amalga oshirdi.
Uchrashuv mezbonlarning faolligida boshlandi. Hujumlardan birida Shomurodovning yo‘llagan xavfli zarbasini De Xea qaytardi. Burchak zarbasidan keyin Shomurodov to‘pni boshi bilan hujumdagi sherigi Artyom Dovbikka uzatdi. Ukrainalik futbolchi esa deyarlt bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida assist amalga oshirgan Eldor Shomurodov almashtirildi.
O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va Klaudio Raneri boshchiligidagi “Roma” ochkolar sonini 63 taga yetkazib olib, turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab kelmoqda. “Fiorentina” esa 59 ochkosi bilan 8-o‘ringa joylashdi.
LiveBarchasi