Shomurodov 72 daqiqa o‘ynagan bahsda “Roma” qiyin g‘alabani rasmiylashtirdi
Sport
−
10 mart 5238 1 daqiqa
Kecha, 9 mart Italiya chempionati 28-turi doirasida Rimning “Roma” klubi safarda “Empoli” bilan bahs olib borib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Bahsdagi yagona gol 1-daqiqada Matias Sule tomonidan kiritildi. E’tiborlisi, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 72-daqiqada zaxiraga olindi.
“SofaScore” tomonidan 29 yoshli Shomurodovning maydondagi xatti-harakatlari 6.5 ballga loyiq topildi. O‘yindagi yagona gol muallifi Matias Sule esa 8,1 ballga baholanib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
G‘alabadan keyin “Roma” ochkolari sonini 46 taga yetkazib, 7-o‘rindan joy egalladi. Rimliklarning eng yaqin ta’qibchisi Fiorentina hisobida esa 45 ochko mavjud. “Bo‘rilar” navbatdagi o‘yinini 13 mart kuni safarda Yevropa ligasi 1/8 final javob o‘yini doirasida “Atletik”ka qarshi o‘tkazadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr