Shols Yevropa Ittifoqiga kirish tartibini soddalashtirishga chaqirdi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa Ittifoqiga yangi a’zolarni qabul qilishni osonlashtirish uchun islohot qilish tarafdori. Bu haqda u joriy yilning 18 iyun kuni DPA agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Sholsning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqqa kirish uchun faqatgina nomzodlar tayyorlanishi kerak emas. Yevropa hamjamiyatining o‘zi ham yangi a’zolarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.

“Buning uchun u o‘z tuzilmalari va qarorlar qabul qilish jarayonlarini modernizatsiya qilishi kerak. Bugungi kunda protsedura bir ovozdan ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, har doim ham bir ovozdan qaror qabul qilish mumkin emas”, deya ishonch bildirgan Shols.

Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi bu masalani Yevropa Ittifoqining 23-24 iyundagi sammitida ko‘taradi.

Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatning davlat va hukumat rahbarlari Ukraina, Moldova va Gruziyaning a’zolik haqidagi arizalarini ko‘rib chiqadi. Yevrokomissiya birinchi ikki davlatga YeI a’zoligiga rasmiy nomzodlar maqomini berishni tavsiya qilgan. 16 iyun kuni Kiyevga qilgan tashrifi chog‘ida Shols ham bu yondashuvni qo‘llab-quvvatlashini aniq bildirdi.

Nomzod maqomini berish a’zo mamlakatlarning bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashi bilangina mumkin. DPA agentligining qayd etishicha, Yevropa Ittifoqida bu tamoyilni yumshatish haqida uzoq vaqtdan beri munozaralar olib borilmoqda. Biroq, yondashuvni isloh qilish to‘g‘risidagi qarorni hamjamiyatning barcha a’zo davlatlarigina qabul qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 17 iyun kuni Yevrokomissiya (YeK) Ukrainaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berishni tavsiya qildi. Bryusselda xuddi shunday tavsiya Moldova uchun ham berilgan. Gruziyaga kelganda, YeI Tbilisining Yevropaga intilishini ijobiy qabul qildi, biroq mamlakat nomzod maqomi berilishidan oldin keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishi kerak bo‘lishi ta’kidlandi.

Boshqa ikki davlatda ham islohotlar o‘tkazilishi kerak. Ukraina uchun bu yetti bosqich, Moldova uchun to‘qqiz bosqich etib belgilangan. Gruziya 12 shartni bajarishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing