Shoir va xonanda bahsi davom etadi. Usmonova apellyatsiya sudiga shikoyat kiritdi
Madaniyat-san’at
−
19 dekabr 2021
36305Avvalroq shoir Yo‘lchi Ro‘ziyevning Yulduz Usmonovaga qarshi ochgan da’vosi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida ko‘rib chiqilgani haqida xabar bergan edik. Sud xonanda shoirning “Xasta bo‘lma” nomli she’ridan mualliflik huquqini buzib foydalangani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqida qaror chiqargandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu ish shu bilan yakunlanmagan. Endi Yulduz Usmonova Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritgan.
Xozirda Toshkent shahar sudi birinchi instansiya sudi qarorini ko‘rib chiqmoqda.
Ikki ijodkor o‘rtasidagi sud jaryoniga munosabat bildirgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev sud bosim va topshiriqlardan holi bo‘lib, adolatli qaror qabul qilishiga umid bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, sudning joriy yilning 29 oktyabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 000 000 so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida (135 mln so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.
LiveBarchasi